Biz haqimizda
15 yildan ortiq tajribaga ega kompaniyamiz sanoat korxonalari uchun ishonchli yechimlarni taqdim etadi. Biz electro motorlar, reduktorlar, va stanoklar bilan ishlaymiz — sotish, montaj qilish, modernizatsiya qilish, servis va texnik qo‘llab-quvvatlashni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz.
Mutaxassislarimiz eski sanoat uskuna va dvigatellarni yangi, energiya tejamkor va samarali modellar bilan almashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Xitoydan olib kelingan stanoklar, dvigatellar va qurilmalar uchun ham moslashtirilgan texnik xizmatlar va yangilash ishlari olib boramiz.
Zavodlar, ishlab chiqarish sexlari, avtomatlashtirilgan tizimlar uchun kompleks texnik xizmatlar ko‘rsatamiz. Biz bilan ishlash — bu tezkor yetkazib berish, kafolat, va yuqori sifatli xizmat degani.